09:11 / 09.11.2020
1 786

La Liga. «Real» 5 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

La Liga. «Real» 5 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 9-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 8 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Madridning «Real» jamoasi safarda «Valensiya»ga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Karim Benzema o‘zining kuchli zarbasi bilan mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Karlos Soler penaltini muvaffaqiyatli ijro etgan holda hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Rafael Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana ikki bor madridliklar darvozasi tomon yo‘l topdi. Soler yana ikkita penaltini aniq ijro etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ushbu g‘alabadan keyin «Valensiya» ochkolarini 11 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Real» (16) 4-o‘ringa tushib ketdi.

Musobaqa peshqadami «Real Sosedad» ushbu turda «Granada»ni mehmon qildi va 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Vilyarreal» esa safarda «Xetafe»ni taslim etdi.

«Valensiya» — «Real Madrid» 4:1
Gollar:
0:1 – 23 Benzema, 1:1 – 35, penalti Soler, 2:1 – 43, avtogol Varan, 3:1 – 54, penalti Soler, 4:1 – 63, penalti Soler.

«Valensiya»: Domenek, Gilyamon, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Soler, Cherishev (Toni Lato, 77), Musa (Jeyson, 87), Rachich, Li Kan In (Gameyro, 81), Maksi Gomes (Sobrino, 87).

«Real Madrid»: Kurtua, Ramos, Varan, Marselo, Vaskes, Isko (Yovich, 83), Modrich, Asensio (Rodrigo, 64), Valverde (Kroos, 76), Vinisius Junior (Edegor, 64), Benzema (Mariano Dias, 76).

Ogohlantirishlar: Soler (41), Marselo (52), Ramos (62), Gilyamon (84), Domenek (86).

«Xetafe» — «Vilyarreal» 1:3
Gollar:
0:1 – 11 Pako Alkaser, 1:1 – 16 Arambarri, 1:2 – 17 Trigeros, 1:3 – 62 Xerar Moreno.

«Real Sosedad» — «Granada» 2:0
Gollar:
1:0 – 22 Monreal, 2:0 – 27, penalti Oyarsabal.

«Valyadolid» — «Atletik» 2:1
Gollar:
1:0 – 19, penalti Orelyana, 2:0 – 48 Markos Andre, 2:1 – 86, penalti Uilyams.

«Levante» — «Alaves» 1:1
Gollar:
0:1 – 4 Lukas Peres, 1:1 – 51 Morales.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» 5 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi