23:07 / 09.11.2020
4 718

“Yuventus” Ronalduni sotishga qaror qildi. Xaridor deyarli aniq

“Yuventus” Ronalduni sotishga qaror qildi. Xaridor deyarli aniq
“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga qaror qildi. Bu orqali Turin klubi portugaliyalik to‘purarni olish uchun “Real”ga to‘langan 100 million yevro miqdoridagi mablag‘ning ma’lum qismini g‘aznaga qaytarmoqchi.

Ma’lumki, Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Krishtianuning o‘yiniga hech qanday e’tiroz yo‘q. Biroq, klub xo‘jayinlari ham agar portugaliyalik yulduzni yozda sotib yubormasa, keyin uning transferidan ko‘zlangan foydani olib bo‘lmaydi.

Qolaversa, yaqinda 36 yoshni qarshilaydigan hujumchining 31 million yevrolik maoshi ham pandemiya sharoitida klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Ayni paytda Krishtianu Ronalduga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, AQSH va Xitoyning badavlat klublari ham amaldagi futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” Ronalduni sotishga qaror qildi. Xaridor deyarli aniq