23:21 / 12.11.2020
2 945

O‘zbekiston Suriyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston Suriyaga mag‘lub bo‘ldi
FIFA kunlari doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda suriyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 48-daqiqada Mahmud al-Mavas tomonidan kiritildi. Himoyachilarimizning sun’iy ofsayd hosil qilishdagi xatosidan foydalangan raqib futbolchisi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishg‘ol etdi.

Endi vakillarimiz 17-noyabr kuni Iroq termasiga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Suriya - O‘zbekiston 1:0
Gol:
Mahmud Al Mavas 48, - 1:0.

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 2.Yussuf Al Hamvi, 3.Mouaiad Alaja, 4.Faris Al Arnaut, 5.Amar Al Midani, 6.Kamel Xmeisheh, 7.Aias Aosman, 10.Mahmud Al Mavas, 12.Muhammad Osman, 16.Maher Daabul, 21.Alaa Edin Dali.
Zaxira: 23.Ahmad Madaniyeh, 8.Vard Al Slam, 9.Simon Amin, 11.Muhammad Al Marmur, 13.Txayer Kruma, 14.Yusuf Muhammad, 15.Muhammad Anez, 17.Xolid Kurdog‘li, 18.Muhammad Rihaniyeh, 19.Abdulrazzoq Al Muhammad, 20.Mardik Mardikyan.

O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Azizjon G‘aniyev, 8.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 61), 10.Jaloliddin Masharipov (18.Xojimat Erkinov, 61), 18.Lutfulla To‘rayev (13.Sanjar Qodirqulov, 82), 19.Bobir Abdixoliqov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 76), 21.Igor Golban (15.Murod Xolmuhammedov, 68), 22.Jamshid Iskanderov (9.Abror Ismoilov, 68), 23.IbrohimHalil Yo‘ldoshev.
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 16.Javohir Ilyosov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Shahzod Ubaydullayev, 14.Akmal Mozgovoy.

Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev 11, Islomjon Qobilov 65, Murod Xolmuhammedov 79.
Chetlatish: Hojiakbar Alijonov 11. Yussuf Al Hamvi 57.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Suriyaga mag‘lub bo‘ldi