16:30 / 13.11.2020
2 236

Rivaldo Yevropa Premer Ligasi haqida: «Bu futbolning o‘limi»

Rivaldo Yevropa Premer Ligasi haqida: «Bu futbolning o‘limi»
Foto: Yandex Photos
«Bunyodkor» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo top-klublar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yevropa Premer Ligasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bunday musobaqalarni tashkil qiladiganlar futbol olamidan emas, hech qachon o‘ynamagan va bu haqda hech narsa tushunmasligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bunday musobaqa katta va kichik klublar orasidagi tengsizlikni oshiradi, xolos. U asosiy sport prinsiplarini yo‘qqa chiqaradi. Bu futbolning o‘limi», — deydi Rivaldo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa kuchli beshlik ligalarining o‘ndan ortiq klubi Yevropa Premer Ligasi nomi ostida yangi musobaqa tashkil qilishga urinayotgani haqida xabarlar yangragandi. Tashkilotchilar musobaqani FIFA tasnifi ostida 2022 yildayoq yo‘lga qo‘ymoqchi ekani aytilgandi. Unda 16–18 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar ichida braziliyalikning sobiq jamoasi «Barselona» ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rivaldo Yevropa Premer Ligasi haqida: «Bu futbolning o‘limi»