10:35 / 14.11.2020
2 317

Alvaresning Habib Nurmagomedovga qarshi jangdan bosh tortishi sababi ma’lum bo‘ldi

Eddi Alvaresning nima sababdan Habib Nurmagomedovga qarshi jangdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldiAlvaresning Habib Nurmagomedovga qarshi jangdan bosh tortishi sababi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Eddi Alvares nima sababdan 2016 yilda Habib Nurmagomedov bilan jang qilishdan bosh tortganini aytdi.

2016 yilda amaldagi chempion rossiyalik yakkakurashchi bilan jang qilishdan bosh tortgan va Konor Makgregorni tanlagandi. Yakunda Konor ikkinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan va chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Alvares bu qarorini pul evaziga qilganini tan oldi. Makgregorga qarshi jang uchun kattaroq gonorar belgilangan.
«Bu jang 2,5 million dollarga farq qilardi. Mana nima uchun», — deya yozadi Alvares.

36 yoshli yakkakurashchi 2003 yildan buyon MMA’da faoliyat yuritadi. Amerikalik jangchining hisobida 30 g‘alaba va yetti mag‘lubiyat mavjud. Shuningdek, bitta jang natijasi bekor qilingan. Eddi o‘z vaqtida Entoni Pettis, Rafael dos Anos va Jastin Getji kabi kuchli raqiblarni taslim etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alvaresning Habib Nurmagomedovga qarshi jangdan bosh tortishi sababi ma’lum bo‘ldi