18:58 / 15.11.2020
2 636

Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlik kompaniyalari haqida

Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlik kompaniyalari haqida
Foto: PFL
Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev klublardan olinadigan badal pullari va ularni kamaytirish yo‘llari haqida gapirdi.

- "PFL birinchi liga klublarining badar pulini ikki barobar qisqartirdi. Bunaqasi tashkilot tarixida bo‘lmagan. Hozirda boshqa ligalardagi badal pullarini ham kamaytirish borasida ish olib boryapmiz. Klublarga beradigan eng katta yordamimiz shu.

Agar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati legallashadigan bo‘lsa, PFL keyingi yilning o‘zidayoq klublardan umuman pul olmasdan chempionatni o‘tkazishga tayyor. Aksincha, klublarga pul berishga tayyormiz. Bizda shunday takliflar bor, real takliflar bor.

Biroq bukmekerlik faoliyatining legallashishi PFL yoki O‘FAga bog‘liq emas. Buning 2021 yilda amalga oshishi juda qiyin masala bo‘lsa kerak
", - deydi Diyor Imomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yilning dekabridagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlik kompaniyalari haqida