17:30 / 20.11.2020
2 759

Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayziyev

Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayziyev
Oxirgi paytlarda Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga shubha bilan qaraydiganlar ko‘payib qoldi. Ya’ni, hujumchimiz maydonga tushmayotgani uchun ayrim insonlar Eldorning u yerda o‘ynashiga hali erta edi, bekor kuchli chempionatga bordi, degan gaplarni aytmoqda. Bu borada mutaxassislarning fikrini bilish maqsadida taniqli sharhlovchi Davron Fayziyevga yuzlandik. Sharhlovchi SPORTS.uz saytining “youtube”dagi sahifasida "Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim?", degan savolga javob berdi.

- Eldor Shomurodov jarohat olgandi, shuning uchun maydonga tushmayotgandi. U asosiy tarkib futbolchisi. Nimaning evaziga u “Jenoa” bilan yaxshi natija qayd eta oladi? O‘z o‘yinini qanday yaxshilay oladi?, degan savol bo‘lsa, unda aytish mumkinki, Eldorga vaqt kerak. Chunki genuyaliklarning o‘yini Shomurodovga mos emas. Jamoa himoyalanmoqda. Men ko‘rgan uchrashuvlarning hammasida “Jenoa” himoyalandi.

Hujumchimizga uchrashuv davomida nari borsa 3 ta pas boryapti. Unda ham, hamyurtimiz to‘pni darvozaga teskari holatda qabul qilmoqda va ko‘pincha, sherigi bilan kombinatsiya tashkil etaman desa, unda imkon yo‘q. Boshqa jamoadoshi va uning o‘rtasida raqibning kamida bitta yoki ikkita futbolchisi bor. Eldor oldinda qolib ketgan hujumchi sifatida hech narsa qilolmayapti. Buni tabiiy tushunish kerak.

Endi vaqt o‘tganidan keyin yoki Shomurodov ularning uslubiga moslashadi, yoki aksi. Yagona chora shu, deb bilaman. Hech qaysi top darajadagi futbolchi yangi jamoasida birdaniga avvalgidek o‘ynab keta olmaydi. Agar hamyurtimiz 2-3 oydan keyin ham maydonda o‘zini shunday noqulay his etsa, qandaydir muammo bor, deb gapirishimiz mumkin. Hozir muammo ko‘rmayapman. O‘zi hujumchimiz 2 ta uchrashuvda qatnashdi.

Misol uchun, 2 ta turda “Rostov”da ham o‘yini chiqmasligi mumkin edi. Rossiyada bir qancha muddat golsiz seriya o‘tkazdi. U “Rostov”ning o‘yiniga mos edi. Hujumlarda qatnashardi. Bu yerda “Jenoa” asosan himoyaga tayanmoqda. Eldor Shomurodovga hujumda yordam kerak. Uni to‘p bilan ta’minlash lozim. U kombinatsiya o‘ynaydigan hujumchi. Bir o‘zi butun boshli himoyaga qarshi harakatlanadigan futbolchi emas, ochilib, tezlashib ketib, orqadan start olib, yarimta qadamga oldinga o‘tib ketadigan hujumchi.

Buning uchun jamoa doimiy hujum qilishi darkor. Bunday harakatlar doim ham o‘xshab qolmaydi. Shu sababli, ozgina vaqt talab etiladi yoki “Jenoa” uning uslubiga moslashsin. Bu yaxshiroq variant. Sababi Eldor genuyaliklarning uslubiga moslashishi hujumchi uchun sal yomonroq bo‘ladi, uning gol urishi qiyinlashadi, - dedi Davron Fayziyev.

Davron Fayziyevning Eldor Shomurodov haqida aytgan gaplarini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayziyev