19:44 / 20.11.2020
2 330

Rivaldo: Messini ushlab qolish uchun “Barsa”ning puli yo‘q!

Rivaldo: Messini ushlab qolish uchun “Barsa”ning puli yo‘q!
O‘zbekiston chempioni Rivaldo sobiq jamoasi “Barselona” Lionel Messini yshlab qola olmasligini ta’kidlayapti.
- “Barselona”ning yangi rahbariyati Messini Kataloniyani tark etish fikridan qanday qaytarishini tasavvur qila olmayapman. Leo “Barsa”da uni ushlab qoladigan resurs yo‘qligini ko‘rib turibdi.

Messining boshqa klublardan oladigan takliflari kataloniyaliklarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Agar klub rahbarlari futbolchilar maoshini kesish fikridan qaytmasa, Leoni olib qolish imkoniyati pasayib boraveradi.

Messi qachon fikrini o‘zgartirishi mumkin? Buning uchun Kuman kamida Yevropa ligasi yoki Yevropa Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishi kerak. Shundagina Leo bu klub hamon sovrinlarga da’vogar ekaniga ishonadi
, - dedi Rivaldo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rivaldo: Messini ushlab qolish uchun “Barsa”ning puli yo‘q!