23:58 / 20.11.2020
2 673

Shota Arveladze: «Paxtakor»ning barcha a’zolari oldida shlyapamni yechaman

Shota Arveladze: «Paxtakor»ning barcha a’zolari oldida shlyapamni yechaman
Foto: «Paxtakor»
«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 23-turi doirasida «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yindan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahs oldidan «sherlar» chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygandi.

- "Birinchi galda gapni uzoqdan boshlamoqchiman. «Paxtakor« bu mavsumda o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini 10 fevral kuni o‘tkazdi. Bu paytda hali chempionat bahslari boshlanmagan edi. Ushbu mavsum bunday og‘ir va qiyin o‘tishini hech kim kutmagandi. Jamoamizdagi barchaga, butun O‘zbekiston xalqiga, muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin davrni boshimizdan o‘tkazdik, bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. Bu kunni alohida qayd etib o‘tish joiz.

«Paxtakor« 13-bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa avval ham ko‘p bor chempionatda g‘olib chiqqan, lekin bunday og‘ir va qiyin mavsum kam bo‘lgan. Barcha oilasi bilan birgalikda kasallandi: ayrimlarning ayoli, onasi, otasi... yana ba’zilar yaqinlarini yo‘qotdi. Mashaqqatli mavsum yakunida jamoadagi har bir shaxs oldida shlyapamni yechaman. Erta tongdan to kechqurunga qadar hamma yordam berdi. Rahbariyat bir daqiqaga bo‘lsa-da, e’tiborsiz qoldirmadi. O‘FA va PFLga ham katta rahmat aytib qolaman.

Ha, biz katta farq bilan chempion bo‘ldik. Futbolchilarni ham og‘ir mavsumdagi chempionlik bilan tabriklayman va rahmat aytaman. Oldinda uchta o‘yin qolganini, biz o‘z darajamizda to‘p tepishimizni ta’kidlagan bo‘lardim va kubokda ham oxirigacha kurashib g‘olib bo‘lishni istaymiz. Muxlislar bizdan g‘alaba kutadi. OCHLda garchi uzoqqa bora olmagan bo‘lsak-da, bunga juda yaqin keldik.

Eslash alamli, albatta. Chunki ajoyib sport formasida edik. Jamoa oldida vaqt ko‘p, OCHLda g‘olib chiqish uchun fursat yetarli. Klublarga, qo‘llab-quvvatlagan barchaga tashakkur izhor qilmoqchiman. Ha, xatolar, kamchiliklar kuzatildi. Muhimi oldinga qarab intilish va rivojlanish kerak
", - deydi «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze.

- "Paxtakor" ichki chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mavsumdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Futbolchilarga rahmat aytmaslikka haqqim yo‘q. Biz ayrim pallalarda tushunarsiz kunlarni o‘tkazdik. Futbolchi buxgalter emas, uning jismoniy, ruhiy tayyorlgarligi muhim. Yana bir bor futbolchilar, klub xodimlari, raxbariyat oldida shlyapamni yechaman.

- Eren Derdiyok bugun qaydnomadan ham o‘rin olmadi...
- "Bunyodkor" bilan o‘yindan so‘ng unda kichik jarohat aniqlandi. Taxminan bir haftadan keyin safimizga qaytadi.

- Jamoa so‘nggi ikki turda avvalgi uchrashuvlardan farqli o‘laroq qiynaldi, bunga qadar esa yirik hisoblarda g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Bu nima bilan bog‘liq?
- 4-5 ta gol urish hamma o‘yinda ham o‘xshamasligi mumkin. Bizga qarshi o‘ynayotgan raqibni ham hurmat qilmoq lozim. "Bunyodkor" bilan bahsni to‘qqiz kishi bo‘lib yakunladik. 15 kun ichida ko‘p futbolchilar biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. Ayrimlar jarohat olishdi. Mavsum oxirida doim qiyin bo‘ladi.

- "Paxtakor" uchun joriy mavsumdagi eng qiyin o‘yin qaysi va eng yaxshi futbolchi kim bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Men uchun hamma yaxshi harakat qildi. Har bir futbolchi qiyin o‘yinda ishtirok etdi. Chempionatdagi eng qiyin o‘yin borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. AGMK bilan 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda 2:2 natijasini qayd etdik. "Bunyodkor" bilan oxirgi o‘yin qiyin o‘tdi. Jizzaxda "Sug‘diyona"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Bu borada yana bir bor o‘ylab ko‘rish lozim.

«Paxtakor» mavsum tugashiga 3 tur qolganda chempionlik masalasini hal qildi. Bu jamoa uchun O‘zbekiston chempionati tarixidagi 13-g‘oliblik bo‘ldi. Arveladze shogirdlari Osiyo Chempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumida chorak finalga qadar yetib bordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: «Paxtakor»ning barcha a’zolari oldida shlyapamni yechaman