10:20 / 22.11.2020
2 057

Kuman “Atletiko”ga mag‘lubiyatdan so‘ng: “Muvaffaqiyatsizlikda doim murabbiy aybdor bo‘ladi”

Kuman “Atletiko”ga mag‘lubiyatdan so‘ng: “Muvaffaqiyatsizlikda doim murabbiy aybdor bo‘ladi”
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoasining Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga (0:1) mag‘lubiyatiga izoh berdi.
Qachonki vaziyat kutilganidek kechmayotgan vaqtda doim murabbiy aybdor bo‘ladi. Biz bir jamoa bo‘lib mehnat qilayapmiz, ammo kundan kunga yaxshiroq bo‘lishimiz talab etiladi. Pike va Robertoning jarohati? Shubhasiz ulardan xavotirdaman. Biroq hozircha futbolchilarimning holati haqida aniq bir gap aytolmayman. Birinchi bo‘lim so‘nggida to‘pni nazorat qilib turib, gol o‘tkazib yuborishimiz kechirilmas xatodir. Bunday holat umuman takrorlanmasligi kerak”, deya Kumanning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman “Atletiko”ga mag‘lubiyatdan so‘ng: “Muvaffaqiyatsizlikda doim murabbiy aybdor bo‘ladi”