18:33 / 22.11.2020
2 017

Diyego Simeone: “Atletiko”chempionlikka qodir”

Diyego Simeone: “Atletiko”chempionlikka qodir”
“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining La Liga 10-turi doirasida “Barselona” ustidan (1:0) qozongan g‘alabasi haqida gapirdi.
Ba’zida biz g‘alabaga erishamiz, ayrim paytlarda esa yutqazamiz. “Barsa” bilan so‘nggi o‘yinlarda g‘alabaga ko‘proq biz yaqin edik. Jamoamning o‘yinidan mamnunman. Futbolchilarim himoyada ham, hujumda ham qanday harakat qilishlari kerakligini tushunib o‘ynashdi. Bizda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Masalan Lorente o‘yin boshidayoq hisobni ochishi mumkin edi.

Urilgan goldan keyin biz xotirjamlik bilan harakat qildik va ikkinchi golni urishga urindik. Shunga qaramay “Barselona”da har doim g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bo‘ladi.

Men ancha vaqtdan buyon bu haqda gapirib kelayapman: tarkibimizda ajoyib futbolchilar yig‘ilgan va ular muxlislar orzusini amalga oshira olishga qodir. Biz o‘z g‘oyalarimizni amalda tadbiq qila olayapmiz va bu judayam yaxshi holat
”, deya Simeonening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyego Simeone: “Atletiko”chempionlikka qodir”