08:38 / 23.11.2020
3 998

"Paxtakor" bu mavsum shartnomasi tugaydigan Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi

"Paxtakor" bu mavsum shartnomasi tugaydigan Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladzening toshkentliklar bilan tuzgan shartnomasi shu yilning oxirida yakunlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi rahbariyati gruziyalik mutaxassisni jamoada olib qolmoqchi. Shu bois, murabbiyga yangi shartnoma taklif qilgan. Ayni paytda bitimni uzaytirish bo‘yicha tomonlar muzokara o‘tkazmoqda.

Shota Arveladzening "Paxtakor" bilan tuzgan dastlabki shartnomasi o‘tgan yili yakunlangandi va tomonlar 2020 yilning so‘nggiga qadar bitimni uzaytirishgandi.

Gruziyalik mutaxassis 2017 yilning yozidan beri "Paxtakor"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘li ostida "sherlar" o‘tgan yili ilk bor yurtimizda treblga ega chiqqan klubga aylandi. Bu mavsum hozircha Superligada chempionlikka erishdi.

Arveladze murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada "Qayserispor" va "Qosimposho" jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

Bir oy avval, Turkiyaning "Trabzonspor" klubi "Paxtakor" ustozi Shota Arveladzega qiziqish bildirgani va unga taklif yuborgani borasida xabar bergandik.

Turkiyaning "Hurriyet" nashrida yozilishicha, "Trabzonspor"ning natijalari yomonlashgani bois angliyalik murabbiy Eddi Nyutonning o‘rniga Shota Arveladze nomzodi ko‘rilmoqda. Turkiya tomoni "Paxtakor"da yiliga 1.5 million yevro maosh oladigan va shu mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan murabbiyga rasmiy taklif bildirgan. Arveladze esa, bunga javoban toshkentliklar bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng gaplashishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" bu mavsum shartnomasi tugaydigan Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi