2 146
Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasidagi almashtirib bo‘lmas futbolchi kimligini aytdi

Foto: O‘FA
«Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishida terma jamoa safidagi almashtirib bo‘lmas o‘yinchi haqida gapirdi.
- "Almashtirib bo‘lmas o‘yinchi? Shunday desa ham bo‘ladi, boshqa tomondan aytadigan bo‘lsak, jamoaga har doim yetakchi kerak. Yetakchisi bor jamoa bu — yaxshi jamoa. O‘ylashimcha, Odil Ahmedov yetakchi sifatida jamoaga kerak. Ayrim vaqtlarda u hatto qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun kerakli o‘yinchi. Uning maydonda bo‘lishi yosh o‘yinchilarni ruhlantiradi va ularning holati odatdagidan butkul boshqacha bo‘ladi.
Odil kiyinish xonasi yoki zaxira o‘rindig‘ida u qadar muhim demagan bo‘lardim, biroq maydonda bo‘lishi juda muhim. Kiyinish xonasida yetarlicha odam bor va u yerda hech qanday muammo yo‘q. U yerda meni borligim yetarli. U maydonda o‘zining tajribasi orqali futbolchilarni tinchlantira oladi", - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bor murabbiyi Vadim Abramov.
Odil Ahmedov ayni vaqtda Xitoyning «Tyanszin Teda» jamoasida to‘p surmoqda. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 105 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta golga mualliflik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Vadim Abramov: "Eldor Shomurodov "Jenoa"da bemalol o‘ynab keta oladi"

Vadim Abramov Iskanderovni terma jamoaga qaytardi

Vadim Abramov: "Terma jamoa bilan bir umrlik shartnoma tuzdim"

Vadim Abramov «Bunyodkor»dan ketmaydi

Yaponiyani mag‘lub etgan Vadim Abramov ertangi o‘yindan oldin fikr bildirdi

Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyligiga Vadim Abramov nomzodi ham koʻrilgan edi