Rio-2016 Olimpiyadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bokschimiz Shahram G‘iyosov boks va MMAni o‘zaro solishtirib, kelajakda UFC bilan ishlashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Boks o‘z yo‘lida, MMA o‘z yo‘lida! Har ikkisining o‘ziga yarasha muxlislari bor. Haqiqatdan ham UFC oxirgi 2, 3 yil ichida juda ham rivojlanib ketdi, butun dunyo tomosha qilyapti va qiziqish ortib ketdi.
Nimaga? Chunki, vaxshiylik, qon to‘kilishi va nokautlar ko‘p. Shuning uchun ham odamlarning qiziqishi kuchayib ketmoqda. MMAda qo‘l, oyoq va hamma narsa bor, boksda esa faqat qo‘l bilan urish mumkin. "Perchatkalar" ham kattaroq. Boks bu san’at! Raqibni qanday qilib aldash, qanday qilib zarba berish, qanday taktika qilish, qanday strategiya tuzish...
MMA bu san’at emas, ammo men hech qachon bu sport turini yomon demaganman, o‘zim ham doim kuzatib boraman, juda ham qiziqaman. Boya aytganimdek, har ikki sport turining o‘z yo‘nalishi va o‘z muxlislari bor.
UFCga o‘tishim mumkinligi haqida bir narsa deyolmayman. Hozirda rejalarim va maqsadlarim to‘liq boksga qaratilgan, ammo shunday taklif bo‘lib turadiki, inson yo‘q deyolmay qolishi mumkin. Rostini aytsam, bilmadim", - dedi G‘iyosov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi

Floyd Meyvezer: «Konor bilan jangda juda ham osonlik bilan 300 mln dollar ishlab olganman»

"Rostov" Shomurodovni bonuslar bilan birga 9 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘ldi

O‘zbek professional boks tarixida yangi sahifa ochildi

Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?»

«Sport» TV syurprizi: Xayrulla Hamidov telekanalga qaytdi