08:02 / 29.11.2020
2 292

La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi
Ispaniya La Ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Real" - "Alaves" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 5 daqiqada Lukas Peres madridliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Xoselu darvozabonning qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. "Qaymoqranglilar" safida bu gollarga faqatgina Kazemiro javob qaytara oldi. Juniorning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni darvozaga kiritgan Kazemironing goli faqat statistika uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.

Ushbu natijadan keyin "Qirollik" klubi hisobidagi ochkolar 17 taligicha qoldi va ular 4-pog‘onada bormoqda. "Alaves" esa muhim g‘alaba tufayli 9-o‘ringa chiqib oldi. Avvalroq, Zidan shogirdlari "Valensiya"ga mag‘lub bo‘lib, "Vilyarreal" bilan durangga imzo chekkandi.

Real Madrid – Alaves 1:2
Gollar:
0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.
Alaves – Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi