18:53 / 29.11.2020
3 030

Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ni tabrikladi

Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ni tabrikladi
Bugun "Nasaf" klubi Toshkentda "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va mavsumni kumush medallar bilan yakunlaydigan bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev jamoani Ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- "Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi - "Nasaf" klubi "Andijon" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongani barcha muxlislarga ham ma’lum. Kechagidek eslayman: 0:1 xisobida ortda borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgandi.

Ushbu o‘yinda o‘zim ham ishtirok etib, "Nasaf"ni mavsumda yuqori o‘rinlarni egallashini ko‘p sonli muxlislar bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo‘lib, sevimli jamoamiz o‘z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo‘la kiritdi.

O‘zbekiston vitse chempioni - “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini, murabiiylarini, futbolchilarni va men kabi ushbu jamoaning barcha muxlislarini 2020 yilgi O‘zbekiston milliy chempionatida 2-o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat: "Olg‘a Nasaf, olg‘a!", deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo‘llab-quvvatlovga va ko‘makka tayyorman.

Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin. Yutuq muborak bo‘lsin!
", dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ni tabrikladi