22:00 / 29.11.2020
1 921

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi"
Coca Cola Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
"Tan olish kerak, "Paxtakor" boshqa raqiblarga nisbatan bir kalla baland bo‘lgani sababli ikkinchi o‘rin uchun kurash qizg‘in kechishi kutilgandi. Chunki bu o‘rin uchun kurashadigan jamoalar soni ko‘p edi. Yakunda biz kumush medal sohibiga aylandik va albatta bundan xursandmiz. O‘ylaymanki bu yutuq rahbariyatimiz tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

"Bunyodkor" to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa. Shuning uchun bugun to‘pni ularga bergan holda qarshi hujumda o‘ynadik. Standart vaziyatlar o‘yin taqdirini hal qilish ehtimoli yuqori edi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. Marko jarima to‘pini golga aylantirib, juda kerakli g‘alabani taqdim qildi.

Agar yosh jamoani shakllantirmoqchi bo‘lsangiz 1-2 yil vaqt kerak bo‘ladi. Agar kuchli va tajribali futbolchilar bo‘lsa kamroq vaqt ham yetadi.
Abramovga qarshi oxirgi to‘rtta o‘yinda yutqazmadik? Har bir raqibga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz. Alohida tayyorgarlik degan narsa yo‘q.

Tarkibni ko‘p futbolchilar tark etsa yangi jamoa qurish juda ham qiyin bo‘ladi. Bu narsani murabbiy sifatida qabul qilish ham menga og‘ir bo‘ladi. Agar hozirgi yetakchilar ham ketadigan bo‘lsa "Nasaf" yaqin yillarda o‘z oldiga yuqori vazifalarni qo‘ymasa kerak deb o‘ylayman.

Marko Stanoyevich "yangi Cheran" emas, lekin yuqori darajadagi futbolchi
", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)