11:05 / 30.11.2020
2 736

Roy Jons: «Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman, men Taysonni yutgandim»

Roy Jons: «Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman, men Taysonni yutgandim»
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jons og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Taysonga qarshi kechgan jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman. Men Taysonni yutgandim. Albatta, zarbalarni his qildim, ayniqsa tanaga yo‘llanganlarini, biroq men yaxshiroq edim», — deydi Roy Jons.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongida Los-Anjelesda afsonaviy bokschilar o‘rtasida ko‘rgazmali jang o‘tkazildi. 8 raund davom etgan bellashuvda durang natija qayd etildi.

Avvalroq zarbalar statistikasiga ko‘ra Tayson raqibini yaqqol ustunlik bilan ortda qoldirgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roy Jons: «Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman, men Taysonni yutgandim»