07:30 / 01.12.2020
2 218

Yaxshiboyev to‘purarlar bahsini nechanchi o‘rinda yakunladi?

Yaxshiboyev to‘purarlar bahsini nechanchi o‘rinda yakunladi?
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev harakat qilayotgan "Shaxtyor" klubi Belarus Oliy ligasi chempioniga aylandi. 30 o‘yinda 17 g‘alaba, 8 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan soligorskliklar 59 ochko to‘plagan holda, asosiy ta’qibchi BATE jamoasini 1 ochkoga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana bir e’tiborli jihati, Yaxshiboyev to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Legionerimiz hisobida 16 ta gol mavjud. 23 yoshli futbolchimiz bu borada faqatgina BATE hujumchisi Maksim Skavishdan orqada. Belaruslik futbolchi hisobida 19 ta gol bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyev to‘purarlar bahsini nechanchi o‘rinda yakunladi?