16:26 / 01.12.2020
3 740

"Jenoa" bosh murabbiyi mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari haqida gapirdi

"Jenoa" bosh murabbiyi mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari haqida gapirdi
Italiya chempionati 9-turida "Jenoa" "Parma"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa ustozi Rolando Maran mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Klub prezidenti va direktori bilan hozirgi vaziyatimizni muhokama qildik. Ortiqcha gap so‘zga hojat yo‘q. Oldinda bizni muhim hafta kutib turibdi. Yigitlar maydonda borini berishdi. Ular o‘yinni charchoq bilan boshlashdi "Fiorentina" bilan o‘yingacha tiklanib ulgurishimiz kerak.

Biz nima sababdan bu ahvolga tushganimizni hamma tushunib turibdi. Ammo yo‘qotadigan narsamiz qolmadi. Barchasini o‘zgartirishga urinib ko‘ramiz
", - deydi Maran.

Italiya A Seriyasi 9-turidan so‘ng genuyaliklar 5 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari haqida gapirdi