Super og‘ir va birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evander Xolifild og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempion Mayk Taysonni yana ringga chorlamoqda.
Aytish joizki, ayni paytda Evander Xolifild 58 yoshda, Mayk Tayson esa undan to‘rt yosh kichkina.
«Bu jang global voqea bo‘ladi. Chunki hamma bizning o‘rtamizdagi bahsni ko‘rishni istaydi», deydi Xolifild.
Sportchining ta’kidlashicha, ushbu bellashuv o‘tkazilmasligiga jiddiy sabablar yo‘q. Faqat Tayson rozi bo‘lsa bo‘ldi.
Professional faoliyati davomida Tayson va Xolifild ringda ikki marta to‘qnash kelgan. 1996 yilgi bahsda Xolifild g‘alaba qozongan. 1997 yilgi bellashuvda esa Tayson Xolifildning qulog‘ini tishlab olgani uchun diskvalifikatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Tayson to‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi o‘zgardi

Bektemir Meliqo‘ziyev vazn toifasida uchta jang bilan chempionlik kamari qo‘lga kiritildi

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tishi ma’lum qilindi

Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq

Afsonaviy Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin

Xitoylik kung-fu ustasi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi