14:27 / 07.12.2020
2 912

Pandemiya va futbol: Qatar JCh-2022ni qanday o‘tkazmoqchi?

Pandemiya va futbol: Qatar JCh-2022ni qanday o‘tkazmoqchi?
Foto: «Regnum»
Futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati oldingilari kabi «odatiy tarzda» o‘tishiga tashkilotchilar umid qilishmoqda. Koronavirusga qarshi vaksinalarning tayyor bo‘layotgani va hademay keng ishlab chiqarila boshlanishi «biz uchun juda yaxshi yangilik», dedi JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasi raisi Nassir al-Xatir «Assoshieyted Press» agentligiga kecha bergan intervyusida.

Qatar «muxlislarni qabul qilish imkoniyatini» hamda «binoyidek va muvaffaqiyatli» jahon chempionatini o‘tkazishni intiqlik bilan kutayotganini qo‘mita raisi JCh saralashlariga qur’a tashlanishi arafasida ma’lum qildi.

2022 yilgi Jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yaqin Sharq ilk marotaba mundialga mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni Rossiyada 2018 yili o‘tkazilgan o‘yinlar g‘olibi — Fransiya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pandemiya va futbol: Qatar JCh-2022ni qanday o‘tkazmoqchi?