18:53 / 07.12.2020
3 315

Ro‘ziqul Berdiyev: Biz "Paxtakor"ga futbolchi yetishtirib bermaymiz

Ro‘ziqul Berdiyev: Biz "Paxtakor"ga futbolchi yetishtirib bermaymiz
O‘zbekiston Coca Cola Kubogi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvi "Andijon" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasida kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Bunga erishdik, ammo osonlikcha emas. "Andijon" bugun har doimgidan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidlab o‘tish lozim. Balki, o‘zimiz ham bunga sharoit yaratib bergandirmiz.

Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildik. Boisi, kecha mashg‘ulot o‘tkazganimizda maydon holati yomon ahvolda ekanini ko‘rgan edik. Ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, birgina vaziyat o‘yin taqdirini hal qilish uchun yetarli bo‘ldi.

Jadvalning quyi qismidan o‘rin olgan jamoalar bilan o‘yinlarda qiyinchilikka uchramoqdamiz. "Buxoro" bilan o‘yinlarda ham 4 ochko yo‘qotdik. Bu balki, ruhiyat bilan bog‘liqdir.

Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz. Biz ularga futbolchi yetishtirib bermaymiz. Rahbariyatdan ham jamoa o‘zagini saqlab qolishni so‘ramoqdamiz
", - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Biz "Paxtakor"ga futbolchi yetishtirib bermaymiz