23:50 / 07.12.2020
2 924

No‘’mon Hasanov: 5-6 oyda o‘rgatadigan narsani bir oyda o‘rgatdim

No‘’mon Hasanov: 5-6 oyda o‘rgatadigan narsani bir oyda o‘rgatdim
O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Oq-tepa” – “Navbahor”(0:2) uchrashuvidan so‘ng "lochinlar" ustozi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi g‘alaba bilan Namangandan tashrif buyurib, bevosita stadionda jamoamizni qo‘llab - quvvatlab turgan, shuningdek, "Navbahor"ning barcha muxlislarini tabriklayman.”Oq – tepa” jamoasi futbolchilari cho‘chimasdan, bir-birlariga aniq pas oshirib, o‘ynashadi. Biz ham shunday futbol o‘ynashni yoqtiramiz. O‘yin ajoyib tarzda kechdi. “Oq-tepa” jamoasi ham bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intildi. Buning uchun raqib jamoaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yigitlarga rahmat aytaman. Raqibdan ustun keldik. Ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. Shu bizning kamchiligimiz bo‘lib qolmoqda. “Oq-tepa”ga ham tashkilotchilik va ajoyib maydon tanlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman.

Jamoamizning o‘yinlarini kuzatayotgan bo‘lsangiz, ko‘plab uchrashuvlarda shunday vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hamma narsani bittada o‘rgata olmayman. Ular ham futbolchi, men ham insonman. Jamoa ko‘ryapsizlar, chiroyli o‘ynamoqda, pressinglar qilmoqda. Yana o‘rgatadigan narsalarim bor. Sekin - asta men istagan o‘yin yuzaga keladi. Aslida 5-6 oyda o‘rgatadigan narsani bir oyda o‘rgatdim. Futbolchilarning aqli ham bor, texnikasi kuchli. Shu bois, ko‘rsatmalarni tezda o‘zlashtirishmoqda.

Azimjon Ahmedovni jamoaga kelganimdan beri markaziy himoyada o‘ynatmoqdaman. Birinchi bor 2013 yil jamoaga kelganimda ham o‘shanda Azimjonni markaziy himoyadagi o‘yinini ko‘rgandim, jamoani Superligada olib qolgandik. Hozirgi vaqtda jamoa boshqaruviga o‘tganimdan so‘ng birinchi o‘yindanoq uni mudofaa chizig‘iga o‘tkazdim.

Bu kubok musobaqasi. “Oq-tepa”ning “Xorazm” va “Turon” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Jamoa yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Biz bugun pressing qo‘llab, raqibga imkoniyat bermadik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: 5-6 oyda o‘rgatadigan narsani bir oyda o‘rgatdim