08:30 / 10.12.2020
3 034

YECHL. Guruh bahslari tugadi: Ispaniya va Germaniyadan to‘rt, Angliya va Italiyadan uch jamoa pley-offda

YECHL. Guruh bahslari tugadi: Ispaniya va Germaniyadan to‘rt, Angliya va Italiyadan uch jamoa pley-offda
Foto: RT
H guruhida kecha qoldirilgan o‘yin va A, B, C, D guruhlaridagi so‘nggi o‘yinlar o‘tkazilib, Yevropa Chempionlar ligasida pley-offga yo‘llanma olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

H guruhi. Kecha yordamchi hakamning irqiy kamsitishi ortidan qoldirilgan o‘yin bugun o‘tkazildi: «Istanbul Bashakshehir»ni yirik hisobda dog‘da qoldirgan «PSJ» guruh bahslarini birinchi o‘rinda yakunladi.

A guruhida muddatidan avval yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan «Bavariya» so‘nggi turda «Lokomotiv» (Moskva)ni Yevropa ligasidan ham mahrum etdi. «Atletiko» (Madrid) safarda «Red Bull» (Zalsburg)ni mag‘lub etib, ikkinchi yo‘llanma egasi bo‘ldi, «qizil buqalar» Yevropa ligasi bilan kifoyalanishadi.

B guruhidagi oxirgi o‘yindagi g‘alaba «Real»ni birinchi o‘ringa chiqardi, yengilgan bo‘lsa-da, to‘plar nisbati yaxshiroq «Borussiya» (Myonxengladbax) 2-o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi. «Inter» va «Shaxtyor» o‘yinida hisob ochilmadi: donetskliklar Yevropa ligasida, milanliklar har ikki turnirdan quruq qolishdi.

C guruhida masala allaqachon hal bo‘lib ulgurgandi, bu safar ham yetakchilar autsayderlarga imkoniyat qoldirishmadi: «Manchester Siti» o‘z maydonida «Marsel» ustidan g‘alaba qozondi, «Portu» esa safarda «Olimpiakos»ni yengdi. Bor-yo‘g‘i 3 ochko to‘plagan greklar Yevropa ligasida, fransuzlar esa Yevrokuboklarni tark etishdi.

D guruhi peshqadami, keyingi bosqichga chiqishga ulgurgan «Liverpul» safarda «Mityulland» bilan murosa ko‘chasini tanladi. «Ayaks» o‘z maydonida «Atalanta»ga yutqazib qo‘yib, Yevropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. Daniyaliklar esa guruhda 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolib ketishdi.

H guruhi
PSJ — Istanbul Bashakshehir 5:1
Gollar:
Neymar (21, 37, 50), Mbappe (42 — pen., 62) — Topal (57)

A guruhi
Bavariya — Lokomotiv M 2:0
Gollar:
Zyule (63), Shupo-Moting (80)
Red Bull — Atletiko M 0:2
Gollar:
Ermoso (39), Karrasko (86)

B guruhi
Real M — Borussiya M 2:0
Gollar:
Benzema (9, 31)
Inter — Shaxtyor 0:0

C guruhi
Manchester Siti — Marsel 3:0
Gollar:
Torres (48), Aguero (77), Sterling (90)
Olimpiakos — Portu 0:2
Gollar:
Otavio (10), Uribe (77)

D guruhi
Mityulland — Liverpul 1:1
Gollar:
Shols (62 — pen.) — Saloh (1)
Ayaks — Atletiko 0:1
Gol:
Muriyel (85)

Pley-offga chiqqan jamoalar
Ispaniya: «Real», «Barselona», «Atletiko», «Sevilya»;
Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» D, «Leypsig», «Borussiya» M;
Angliya: «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti»;
Italiya: «Yuventus», «Latsio», «Atalanta»;
Fransiya: «PSJ»;
Portugaliya: «Portu».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. Guruh bahslari tugadi: Ispaniya va Germaniyadan to‘rt, Angliya va Italiyadan uch jamoa pley-offda