18:56 / 12.12.2020
2 528

Dramatik kechgan o‘yinda "Nasaf" "Navbahor" maydonida g‘alaba qozondi

Dramatik kechgan o‘yinda "Nasaf" "Navbahor" maydonida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston kubogi bahslari davom ettirilmoqda. Bugun 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘z uyida "Nasaf"ni qabul qilgan "Navbahor" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab, birga-bir vaziyatga chiqib borgan Marko Stanoyevich hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Shohrux Mahmudxojiyev tarozi pallalarini tenglashtirdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan yarim himoyachi jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa, bosh hakam Zokir Qodirov tomonlarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etdi. Ekstra-taymlarning ikkinchisida Ro‘ziqul Berdiyev zaxiradan maydonga tushirgan Xusayn Norchayev jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqan golga mualliflik qildi. Sherigining uzatmasidan keyin yosh hujumchi bo‘sh qolgan darvozaga to‘p kiritdi.

"Navbahor" – "Nasaf" 1:2
Gollar:
Stanoyevich 16, Mahmudhojiyev 90+5, Norchayev 107.
"Navbahor": 1. O‘tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7. Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg‘unboyev (70.Abbosjon G‘ulomov 89), 18.Sardar Telyakov (5.G‘iyosjon Komilov 89), 19.Mirzohid G‘ofurov, 20. Davronbek Hoshimov (25.Shohruh Mahmudxojiyev 82), 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 95.Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxira: 23.Dilshod Hamrayev, 8.Jovlon Ibrohimov, 11.Islomjon Isoqjonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 30.Abjujamol Isroilov, 33.Tohirjon Shamsiddinov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 10.Bobir Abduxoliqov (19.Husayn Norchayev 80), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboyev ( 50.Shoxmalik Komilov 90+2), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (17.Faysal Traore 117), 88.Marko Stanoyevich (7.Dilshod Rahmatullayev 80), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 21.Mashhurjon Mahammadjonov, 18.Javohir Esonqulov, 70.Abubakrizo Turdaliyev.

Ogohlantirishlar: Eshmurodov 59, Aliqulov 65, Ne’matov 93, Mahmudxojiyev 116.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dramatik kechgan o‘yinda "Nasaf" "Navbahor" maydonida g‘alaba qozondi