19:02 / 12.12.2020
3 362

Ro‘ziqul Berdiyev: So‘nggi kunlarda matbuotda chiqayotgan xabarlar meni ranjitdi

Ro‘ziqul Berdiyev: So‘nggi kunlarda matbuotda chiqayotgan xabarlar meni ranjitdi
O‘zbekiston kubogi chorak final uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. O‘yindan so‘ng tashkil etilgan mutbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Bunday ajoyib muhitda anchadan beri o‘ynamagandik. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun borini berdi. "Navbahor" pozitsion hujumga e’tibor qaratdi. Shunga qaramay, ularda golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Faqatgina raqibning bir futbolchisi standart vaziyatni ajoyib ijro etdi.

"Nasaf" OFK litsenziyasini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Biroq so‘nggi kunlarda matbuotda chiqayotgan xabarlar meni biroz ranjitdi: masalan, Marko Stanoyevichning shartnomasi haqida mish-mish tarqaldi. Uning o‘zi shaxsan yonimga kelib, buni inkor etdi. Shuningdek, bir necha kun avval aytilgan kubok yutganimiz uchun avtomobil sovg‘a qilish haqida ham eshitmadim
".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: So‘nggi kunlarda matbuotda chiqayotgan xabarlar meni ranjitdi