16:16 / 16.12.2020
2 312

«Paxtakor» Qo‘qonda yirik g‘alaba qayd etib, O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi

«Paxtakor» Qo‘qonda yirik g‘alaba qayd etib, O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi
Foto: «Paxtakor» FK
Futbol bo‘yicha Coca-Cola O‘zbekiston Kubogining yarim finalida «Paxtakor» 16 dekabr, chorshanba kuni «Qo‘qon-1912» bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalari o‘rtacha tempda o‘tdi, vaqt o‘tgan sari jamoalar faollikni oshirib bordi. 31-daqiqada Igor Sergeyev jamoasining birinchi golini urdi.

74-daqiqada Doston Hamdamov jarima maydoni ichida to‘pni qabul qabul qilib oldi va uni darvoza tomon aniq yo‘naltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Eren Derdiyok Hojimat Erkinovning uzatmasidan keyin bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Shota Arveladze jamoasi kubok finaliga yo‘llanma olgan ilk jamoaga aylandi. Ikkinchi yo‘llanma masalasi OKMK — «Nasaf» o‘yinida hal bo‘ladi.

«Qo‘qon-1912» — «Paxtakor» 0:3
Gollar:
0:1 – 31 Sergeyev, 0:2 – 74 Hamdamov, 0:3 – 90+4 Derdiyok.
«Qo‘qon-1912»: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Sobit Sindarov (Shohnazar Norbekov, 69), Quvondiq Ro‘ziyev, Sardor Azimov (Muhsinjon Normatov, 81), Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov (Sardor Yetovqo‘ziyev, 87), Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Murod Xolmuhammedov.
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 84), Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 75), Doston Hamdamov (Hojimat Erkinov, 84), Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Vladimir Kozak (Sardor Sobirxo‘jayev, 66), Farruh Sayfiyev (Akramjon Komilov, 75).
Ogohlantirishlar: Azimov (33), Sayfiyev (45), Kozak (56), Hasanov (69), Mamatxo‘jayev (70), Xolmuhammedov (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Qo‘qonda yirik g‘alaba qayd etib, O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi