Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida kelasi yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasi-2021da ishtirok etish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston klublari 7 tani tashkil etadi: “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So‘g‘diyona”.
Shuningdek, OFK kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etish uchungina litsenziya ola bilgan O‘zbekiston klubi – “Nasaf”.
Nufuz jihatidan yuqorida turuvchi OCHL uchun litsenziya olgan klub agar musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etish joiz, OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun klub sport mezonlari bo‘yicha sovrindor bo‘lishi va shu bilan bir qatorda litsenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?