20:26 / 18.12.2020
2 396

Bektemir Meliqo‘ziyev superyulduzni tamoman so‘ndirishga tayyor

Bektemir Meliqo‘ziyev superyulduzni tamoman so‘ndirishga tayyor
Bugungi kunda o‘z vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilari qatoriga shiddat bilan kirib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev 2021 yilning 30 yanvar kuni professional boksdagi eng muhim jangini o‘tkazadi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, havaskor boksda katta tajriba to‘plagan hamyurtimiz profringdagi navbatdagi jangida super o‘rta vaznning WBO, WBA (Super), IBF va IBA yo‘nalishlarida jahon chempioni, WBC brilliant kamari sohibi bo‘la olgan rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-4-1, 29 KO) qarshi ringga chiqishidan xabaringiz bor.

Bu superto‘qnashuv Moskva shahridagi “Lujniki” arenasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Aslida Sergey Kovalyov navbatdagi jangini kubalik Sallivan Barreraga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Ma’lumotlarga qaraganda, raqib xorijga chiqish uchun talab etiladigan hujjatlarni tayyorlay olmagan va shu bois Rossiyadagi jangga kela olmasligini bildirgan.

Kovalyov shundan so‘ng, o‘ziga raqib sifatida Bektemir Meliqo‘ziyevni tanladi. Rossiyalik bokschi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu haqda quyidagicha bayonot berdi.

- Hammaga salom! Menning navbatdagi jangim sanasi aniq bo‘ldi. 30 yanvar kuni Moskvadagi “Lujniki” arenasida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi jang qilaman. Bektemir 2020 yilda ikkita g‘alaba qozondi. Uning o‘rtamiyona bokschilar bilan janglari muddatidan oldin tugagan. Raqibim havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni, jahon chempionatlari kumush va bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, – deb yozadi Kovalyov.

Shuningdek, Kovalyov Bektemirga qarshi jang uning chempionlik shohsupasiga qaytishida dastlabki qadam bo‘lishini, to‘qnashuv Rossiyada o‘tkazilishi unga qo‘shimcha kuch berishini va yana chiroyli g‘alabalari bilan muxlislarini xushnud etishini ta’kidladi.

Bektemir Meliqo‘ziyev ham sobiq jahon chempionidan umuman hayiqmayotganini, o‘ziga ishonayotganini namoyish qildi.
- Kovalyov keyingi o‘n yillikning eng yorqin yulduzlaridan. Bu men professional boksga birinchi qadamimni qo‘yganda aynan shunday imkoniyat berilishini orzu qilgandim. Men puxta hozirlik ko‘raman va 30 yanvar kuni g‘alabani nishonlashgan tayyorman, - dedi o‘zbkistonlik charm qo‘lqop ustasi.

Ta’kidlash lozimki, boks olamida o‘z nufuziga ega bo‘lgan Asianboxing.info sayti yaqin yillar ichida vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli professional bokschilari reytingida (pound-for-pound) kuchli o‘nlikka kirishi mumkin bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari nomini e’lon qilgandi.

Mazkur sayt mutaxassislari Bektemir Meliqo‘ziyev 2023 yilga borib, P4P reytingining eng yuqori pog‘onalarida qayd etilishini taxmin qilgan. Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tgagina ko‘p bo‘lgani yo‘q. Farg‘onalik charm qo‘lqop ustasi dastlabki professional jangini 2019 yilning 13 iyunida Martin Rios Fidelga qarshi o‘tkazib, katta tajribaga ega raqibini birinchi raundning o‘zida sof nokautga uchratgandi.

Barcha janglarini AQSHda o‘tkazayotgan Bektemirga promouterlar professional ringda ko‘p jangda ishtirok etgan va reytingdan yuqori pog‘onalarda qayd etilgan raqiblarni ro‘baro‘ qilmoqda. Buning samarasida, hamyurtimiz dastlabki chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritish uchun kam vaqt sarflayapti. Xususan, Meliqo‘ziyev o‘tgan yili dekabr oyida o‘zining to‘rtinchi jangida Vaugn Aleksandrni ochkolar hisobida mag‘lub etib ilk sovrini - World Boxing Association Continental Americas mintaqaviy chempionalik kamariga ega bo‘ldi.

Bektemir joriy yilning 30 oktabr kuni oltinchi jangida Alan Kampani uchinchi raundda ringga qulatib, World Boxing Organisation Inter-Continental qit’alararo chempionlik kamarini ham o‘ziniki qildi.

Umuman olganda, bu bokschimiz oltita jangdan beshtasini nokaut va bittasini ochkolar hisobida o‘z foydasiga hal qilgan va u reytingda jadal ko‘tarilib bormoqda.

Shuningdek, uning menejerlaridan biri Uning menejerlaridan biri Aliko Frolov o‘zbek bokschisi o‘z vaznidagi sobiq jahon chempioni Devid Lemyo, Deniel Jeykobs, Sergey Kovalyov yoki Sallivan Barrera kabi nomdor raqiblarga qarshi jang qilishga tayyorligini ham ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev superyulduzni tamoman so‘ndirishga tayyor