20:00 / 19.12.2020
2 211

«Ulsan Hyunday» finalda «Persepolis»ni mag‘lub etib, Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi

«Ulsan Hyunday» finalda «Persepolis»ni mag‘lub etib, Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining finalida «Persepolis» va «Ulsan Hyunday» jamoalari 19 dekabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Qatardagi «Al-Janub» stadionida kechgan bahsda Janubiy Koreya klubining qo‘li baland keldi.

Dastlab birinchi bo‘lim asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Mehdi Abdi Qara forslarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Persepolis» darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Junior Negao noaniq bajardi, biroq qaytgan to‘pni braziliyalik futbolchining o‘zi darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida koreyaliklar yana penalti ishlab oldi. Bu safar Negao mo‘ljalda adashmadi.
Shu tariqa «Ulsan Hyunday» jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 2020 yilgi mavsumi chempioniga aylandi.

Mazkur musobaqada Toshkentning «Paxtakor» jamoasi qatnashdi. «Sherlar» chorak finalda «Persepolis»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgandi.

«Persepolis» Eron — «Ulsan Hyunday» Janubiy Koreya 1:2
Gollar:
1:0 – 45 Qara, 1:1 – 45+4 Junior Neago, 1:2 – 56, penalti Junior Neago.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ulsan Hyunday» finalda «Persepolis»ni mag‘lub etib, Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi