O‘zbekiston Coca Cola Kubogi finali AGMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yindan keyin olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov final haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Yaxshi tayyorlangan edik. Menimcha, birinchi taymda ancha yaxshi harakat qildik. Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham aytib o‘tgan edim: kichkina xatolarga yo‘l qo‘yish ham kerak emas. "Paxtakor" qarshi hujumda gol urib ketdi. Ikkinchi bo‘lim avvalidagi xato tufayli gol o‘tkazib yuborib, ruhiy ustunlikni boy berdik. Uchinchi gol penaltidan kiritildi, VAR shunday qarorga keldi.
"Paxtakor"da ancha yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo‘lgan. Ular haqli g‘alabaga erishdi. Futbolda kimdir yutishi kerak. Biz mavsum davomida yomon harakat qilmadik. Mavsum uzun va qiyin kechdi. Yigitlarga dam kerak, kelayotgan yil yanada omadli kelishini tilab qolaman", - dedi Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Tanaffusdan so‘ng AGMKning o‘yini sustlashdi

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolda bir joyda turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi"

Mirjalol Qosimov "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Mirjalol Qosimov: "Bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik"

Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo‘lishimiz kerak"

Mirjalol Qosimov: "Raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi"