23:25 / 20.12.2020
3 161

Pele o‘ziga tegishli rekordni takrorlagan Lionel Messiga murojaat qildi

Pele o‘ziga tegishli rekordni takrorlagan Lionel Messiga murojaat qildi
Foto: Twitter
«Santos» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Pele o‘zining bitta jamoa safidagi gollari soni bo‘yicha rekordini takrorlagan Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

- "Qalbingni muhabbat qoplab olgan vaqtda, o‘z yo‘lingni o‘zgartirishing qiyin. Har kuni kiyadigan bitta libosni qay darajada sevishingni juda yaxshi bilaman. Xuddi sen kabi o‘z uyingdek ko‘radigan bu maskandan yaxshiroq joy yo‘qligini bilaman.

Seni bu tarixiy ko‘rsatkich bilan tabriklayman, Lionel. Biroq avvalo seni «Barselona»dagi ajoyib faoliyat bilan muborakbod etaman. Afsus, sen va men kabi bir klubga sodiq qoladiganlar borgan sari kamayib ketmoqda.

Senga tahsin aytaman, Lionel Messi", - dedi Pele.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona» safida o‘zining 643-golini urdi va bu borada Pelening rekordini takrorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pele o‘ziga tegishli rekordni takrorlagan Lionel Messiga murojaat qildi