00:30 / 22.12.2020
3 892

Eldor Shomurodov eng yaxshi futbolchi!

Eldor Shomurodov eng yaxshi futbolchi!
Rossiya premer-ligasidan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tganida genuyalik futbol muxlislari uchun haqiqiy jumboq bo‘lgan Eldor Shomurodov jadallik bilan “Jenoa” tarafdorlari qalbiga kirib bormoqda.

Avvalo, “Jenoa” muxlislari o‘zbek hujumchisining katta summaga transfer qilinganini qiyinchilik bilan qabul qildi. Dastlabki o‘yinlardan keyin Eldor tanqidlarga nishon bo‘lgani ham bor gap. Keyinroq, uni ayrim mutaxassislar ham noto‘g‘ri jamoa tanlaganlikda ayblab, bu transfer o‘zini oqlamasligini iddao qildi.

Shunga qaramay, mehnat qilish va maqsadi sari intilishdan to‘xtamagan Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan ham muhimi, o‘zbek legioneri injiqligi va talabchanligi bilan ajralib turadigan italiyalik muxlislar mehrini va ishonchini qozondi.

“Jenoa” ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan munosabatlari, fikr-mulohazalari ham shundan dalolat bermoqda.
An’anaga ko‘ra, “Jenoa” muxlislarining “Benevento”ga qarshi o‘yindan keyin Shomurodov haqidagi pozitsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Tommaso Fabiano:
Shomurodov – jamoada faollik ko‘rsatayotgan kam sonli fubolchilardan biri. Qolganlardan farqli o‘laroq, bu gal ham raqib darvozasi tomon ikkita zo‘r zarba yo‘lladi.

Beppino Bellone:
Shomurodov va Destro bir birini yaxshi tushunib o‘ynayapti. Mattianing Eldorga to‘pni tashlab bergani muvaffaqiyatli chiqdi. O‘tgan o‘yinda Mattia Eldorning murakkab zarbasidan so‘ng, “Milan” darvozasini ishg‘ol qilgandi. Hujumchilar yaxshi o‘ynayapti. Mag‘lubiyatda ularni ayblab bo‘lmaydi. “Benevento” bilan o‘yinda ham ularni yarim himoyachilar qo‘llab-quvvatlay olmadi.

Enzo Sbarbini:
Maran o‘yinchi almashtirishda hammani hayron qoldiryapti. Nega u maydonda eng yaxshi o‘ynayotgan Shomurodovni zaxiraga oldi?

Mirko Boagno:
“Milan” bilan durangdan keyin g‘alabaga umid uyg‘ongan edi. Lekin ishonchimiz so‘ndi. Shomurodov so‘nggi ikki o‘yinda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

Marco Santoni:
Shomurodov zo‘r o‘ynayapti. Destro ham bor mahoratini ko‘rsatishi kerak.

Alberto Marchese:
Shomurodov xavfli vaziyatlar yaratdi, kuchli zarbalar berdi, shunga qaramay, uni almashtirishdi. O‘yinni qutqarish kerak bo‘lgan paytda shunday qaror qabul qilishdi. Unga yetarlicha baho berishmayapti!

Andrea Bottero:
Jamoa hujumda rasvo o‘ynadi. Bunaqada Shomurodov ham hech narsa qila olmaydi.

Luca Carpi:
Shomurodovning to‘liq o‘ynashiga qo‘yib bering. Nega Maran uni doim almashtiraveradi? Eldor “Jenoa”da eng yaxshi o‘ynayotgan futbolchi-ku!

Buyog‘iga "Jenoa"da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Chunki klub rahbariyati bosh murabbiy Rolando Maranni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Balki endi o‘zbekistonlik muxlislar qatori genuyalik ishqibozlar ham kutganidek Eldor Shomurodovga yetarli o‘yin vaqti berilar. Zero, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda to‘liq o‘ynashga loyiq futbolchi ekanini isbotlab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov eng yaxshi futbolchi!