09:50 / 22.12.2020
3 152

«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze ketishdan oldin nimalar dedi?

«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze ketishdan oldin nimalar dedi?
Foto: Instagram/@shota_arveladze
«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze «sherlar» boshqaruvini tark etdi. Bu haqda gruziyalik mutaxassis Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

- "Uch yil o‘tdi. Bugun «Paxtakor» bosh murabbiyligidan ketyapman. Mana shu zavqli, chiroyli va muvaffaqiyatli uch yil uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar, jamoa, o‘yinchilar va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Bu klubni boshqarish imkoniyatini yaratgan rahbariyatga ham tashakkur.

Klubga kelajakda g‘alabalar va yanada kuchli bo‘lishni tilayman. Endi «Paxtakor» murabbiyi emasman, biroq men avvalgidek uning muxlisi bo‘lib qolaman. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi va bu yerdagi hayot fantastik edi. Biz juda yaxshi jamoa bo‘ldik va men hech qachon sizlarni unutmayman
", - dedi «Paxtakor» sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze.

Arveladze 2017 yilda «Paxtakor» boshqaruviga keldi. Mutaxassis «sherlar» bilan ikki martadan O‘zbekiston chempionligi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Liga Kubogining ilk chempioniga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze ketishdan oldin nimalar dedi?