23:03 / 22.12.2020
2 371

2020 yilning eng yaxshi ikki bokschisi aniqlandi

2020 yilning eng yaxshi ikki bokschisi aniqlandi
Kollaj: «Daryo»
Boksga asoslangan mashhur The Ring jurnali 2020 yilning eng yaxshi ikki bokschisi nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri va yengil vazn toifasi mutlaq chempioni Teofimo Lopes jurnal talqiniga ko‘ra eng yaxshi deya e’tirof etilgan.

32 yoshli Fyuri 2020 yilda bitta jang o‘tkazdi. Britaniyalik bokschi fevral oyida Deontey Uaylderga qarshi kechgan jangning yettinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratdi va undan WBC kamarini tortib oldi. Fyuri professional boksda 31 jang o‘tkazib, 30 g‘alaba (21 tasi nokaut) va bir durang qayd etgan.

23 yoshli Lopes ham 2020 yilda bitta jangda ishtirok etdi. Oktabr oyida u ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etib, o‘zining IBF kamarini himoya qilgan holda, raqibidan WBA va WBO kamarlarini tortib oldi. Amerikalik bokschi prof ringda 16 jangdan (12 nokaut) buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2020 yilning eng yaxshi ikki bokschisi aniqlandi