07:59 / 24.12.2020
4 477

Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda "Jenoa" safarda g‘alabaga erishdi! Shomurodov esa...

Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda "Jenoa" safarda g‘alabaga erishdi! Shomurodov esa...
Italiya A Seriyasi 14-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Jenoa" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda genuyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ta’kidlash joizki, bu "grifonlar"ning Davide Ballardini qo‘l ostidagi ilk bahsi edi. O‘yin avvalida "Spetsiya" futbolchisi Nzola jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq uchrashuv yakunigacha Destro va Krishito bir marotabadan gol urib, "Jenoa"ga muhim g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, genuyaliklar hisobidagi ochkolar 10 taga yetdi va ular hamon turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda.

Spetsiya – Jenoa 1:2
Gol:
Nzola 10' – Destro 16', penalti Krishito 73'
Spetsiya – Provedel, Markitssa, Shabo (Tersi, 46), Ertich, Vinyali, Esteves (Bartolomei, 75), Richchi (Pikkoli, 84), Majore (Deyola, 75), Jasi, Farias, Nzola.
Jenoa – Perin, Chiborra, Masello, Krishito, Gilone (Zappakosta, 63), Bexrami (Rovella, 74), Radovanovich, Badel, Lerager (Zays, 63), Destro (Pyatsa, 84), Pandev (Skamakka, 74).
Ogohlantirishlar: Ertich (2), Shabo (5), Pandev (33), Gilone (43), Destro (71), Tersi (72), Zays (75).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda "Jenoa" safarda g‘alabaga erishdi! Shomurodov esa...