Italiya chempionati 14-turida "Jenoa" mehmonda "Spetsiya" bilan bahs olib bordi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa bosh murabbiyi Davide Ballardini o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menda sehrli tayoqcha yo‘q. Bugun "Jenoa" o‘zini jamoadek tutdi va chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hujum tashkil qilishda va himoyalanishda bir qancha ishlarni amalga oshirishimiz kerak, chunki hujumdan himoyaga qaytishda biroz kech qolyapmiz.
Asosiy tarkibdagi yarim futbolchilarning yoshi 30 dan oshgan, biroq bu taxminiy qaror natijasi. Men ikki kungi mashg‘ulotlardan so‘ng eng yaxshilarini saralab maydonga tushirdim.
Genuyaliklar bu vaqtgacha bir necha marotaba men bilan aloqaga chiqishdi va so‘nggi qo‘ng‘iroq vaqtida ularga rozilik berdim. Ma’lum bir vaqt davomida ishsiz qolganim uchun murabbiylik kursisiga qaytishni juda xohlayotgandim.
Jamoani takomillashtirish kerak. Men sifatli, tajovuzkor va to‘pni nazorat qiladigan futbol tarafdoriman", - deydi Ballardini. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda "Jenoa" safarda g‘alabaga erishdi! Shomurodov esa...

"Jenoa" bosh murabbiyi "Spetsiya"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Jenoa"ning yangi murabbiyi futbolchilar bilan tanishdi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi (Foto)

Rasman! "Jenoa" klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

"Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?