16:46 / 29.12.2020
2 651

Rossiyalik murabbiy Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov jangi bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirdi

Rossiyalik murabbiy Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov jangi bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirdi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan yurtdoshimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi haqiqiy sinov bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Sababi, 30 yanvar kuni u rossiyalik mashhur charmqo‘lqop ustasi Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ustiga-ustak jang Moskvada “Lujniki” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Shu nuqtai nazardan Bek uchun bu to‘qnashuv oson kechmasligi aniq. Albatta, bu borada juda ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Jumladan, qozog‘istonlik va ukrainalik boks mutaxassislarini ham fikrlari bilan qiziqdik. Ular ham jang oson bo‘lmasligi, lekin Bektemirning g‘alabasini taxmin qildilar.

Biz ushbu o‘ziga xos so‘rovni davom ettirgan holda, bu safar asli Toshkentda tavallud topgan, hozirda Rossiya fuqarosi, rus boks olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, Sankt-Peterburg shahri o‘smirlar terma jamoasi katta murabbiyi Rinat Trishevning fikrlari bilan qiziqdik:

- Professional boksda har qanday holatni kuzatishimiz mumkin. To‘g‘ri, Sergey Kovalyov juda tajribali va faoliyati mobaynida ajoyib janglarni o‘tkazgan. Lekin so‘ngi vaqtda unda pasayish yuzaga keldi. Chunki, yosh bilan bog‘liq va boshqa omillar ham unga halaqit berishi mumkin. Jang qiziqarli va har ikkisi uchun ham oson kechmasligi mumkin. Lekin meni Bektemir Meliqo‘ziyevga bo‘lgan ishonchim yuqori. O‘ylaymanki, Bektemir ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik murabbiy Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov jangi bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirdi