21:20 / 02.01.2021
2 215

Viktor Jalilov "Navbahor" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi

Viktor Jalilov "Navbahor" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi
Yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri, murabbiylik faoliyatida “Navbahor”, “Mash’al” va “Paxtakor” klublarida faoliyat yuritgan, “Navbahor”da 1995 - 2000, 2003 – 2004 hamda 2010 yillarda faoliyat yuritib, jamoa bilan O‘zbekiston chempionligini (1996 yili), bronza medallarini (1995, 1997-1999 yillarda), O‘zbekiston kubogi (1995, 1998 yillarda) va Superkubogini (1999 yili) qo‘lga kiritgan Viktor Romanovich Jalilov 10 yillik tanaffusdan so‘ng, yana “Navbahor”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Viktor Jalilov bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. U jamoada bosh murabbiy No‘’mon Hasanovga maslahatchi – murabbiy sifatida yordam beradi.

1996 yilgi chempionatda “Navbahor” klubi 16 jamoa orasida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, ilk bor g‘oliblikka erishgandi. O‘shanda jamoaga Viktor Jalilov ustozlik qilgandi. Shu bois klub rahbariyati ushbu mutaxassisni yana jamoaga qaytargandir. Balki Viktor Jalilov boy tajribasi bilan "lochinlar"ni chempion bo‘lishiga ko‘maklashar. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov "Navbahor" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi