20:44 / 03.01.2021
3 495

Eldor Shomurodov «Jenoa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

Eldor Shomurodov «Jenoa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 15-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Jenoa» o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida rimliklar penalti ishlab oldi, uni Chiro Immobile golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga qo‘shildi va bu ko‘p o‘tmay o‘z samarasini berdi.

O‘zbekistonlik futbolchi 58-daqiqada maydonning katta qismini bosib o‘tgan holda, raqiblarni aldab o‘tib, Mattia Destroning goliga assistentlik qildi. Qolgan vaqtda har ikki jamoa vakillarida, shu jumladan, Shomurodovda ham golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Biroq 1:1 hisobi o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Genuyaliklar 11 ochko bilan 19-pog‘onada bormoqda, «Latsio» (22) esa 9-o‘rinda qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov «Jenoa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)