10:30 / 07.01.2021
1 591

«Man Siti» derbida «MYU»ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

«Man Siti» derbida «MYU»ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi
Foto: Google Images
Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogi yarim finalida «Manchester Siti» 6 yanvar, chorshanba kuni hamshahari «Manchester Yunayted» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Jon Stounz hisobni ochdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 7-daqiqa qolganida esa Fernandino hisobni 0:2 ga yetkazib, «shaharliklar»ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Endilikda Xosep Gvardiola shogirdlari finalda «Tottenhem» bilan bellashadi. Final bahsi 25- aprel kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» 0:2
Gollar:
0:1 – 50 Stounz, 0:2 – 83 Fernandino.
«Manchester Yunayted»: Henderson, Uan-Bissaka, Lindelef, Shou, Maguayr, Pogba, Fred (van de Bek, 88), Maktominey (Grinvud, 75), Brunu Fernandesh, Reshford, Marsyal.
«Manchester Siti»: Steffen, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Gundo‘g‘an, Fernandino, Mahrez (Rodri, 79), de Bryuyne, Sterling, Foden.
Ogohlantirishlar: Fernandino (48), Fred (69), Joau Kanselu (78), Shou (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Man Siti» derbida «MYU»ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi