Italiya A Seriyasida 16-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi bellashuv "Milan" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasida kechdi. "San Siro" stadionida o‘tkazilgan o‘yin mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hisob 18-daqiqada Federiko Keza tomonidan ochildi. Dibalaning zargarona uzatmasidan keyin qulay pozitsiyaga chiqib borgan futbolchi Donnarummani ojiz qoldirdi. Milanliklar bu golga birinchi taymdayoq javob qaytardi. Kalabriyaning zarbasi darvozaning yuqori burchagidan joy oldi. Biroq ikkinchi bo‘limni boshqa darajada o‘tkazgan turinliklar yana hisobda oldinga o‘tishni uddaladi. Bu safar ham Keza "katta sahnaga chiqdi". Muvozanatni tiklashga urinayotgan "rossonerilar"ning barcha umidini 76-daqiqada MakKenni yo‘qqa chiqardi. Chap qanotdan reyd uyushtirgan Kulusevski sherigini to‘p bilan ta’minladi va Ueston yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi.
Shu tariqa, "Milan"ning 27 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini "Yuventus" to‘xtatdi. Peshqadamni taslim etgan "keksa senora" hisobidagi ochkolar soni 30 taga yetdi va ular turni 4-pog‘onada yakunladi. "Rossonerilar" 37 ochko bilan hamon karvonboshilik qilib kelmoqda.
Milan – Yuventus 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Keza, 1:1 – 41 Kalabriya, 1:2 – 62 Keza, 1:3 – 76 Makkenni.
Milan – Donnarumma, Teo, Ker (Konti, 81), Diogu Dalot (Maldini, 81), Kalabriya (Kalulu, 81), Xeuge (Braim Dias, 67), Kessie, Kastilexo (Kolombo, 87), Chalxanoglu, Romanoli, Rafael Leau.
Yuventus – Shchensni, de Ligt, Frabotta (Demiral, 87), Danilo, Bonuchchi, Remzi (Bernardeski, 74), Rabo, Bentankur (Artur, 74), Keza (Kulusevski, 63), Dibala (Makkenni, 64), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bentankur (60), Danilo (72), Romanoli (90). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

A Seriya. "Milan" o‘z maydonida "Yuventus"ni "yanchib tashladi"

«Yuventus» safardagi gol evaziga «Milan»ni ortda qoldirib, Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi

«Yuventus» «Milan»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni «Inter»dan qaytarib oldi

Italiya kubogi. "Yuventus" finalda "Milan"ni yirik hisobda yengdi

Italiya Superkubogi, final. "Yuventus" - "Milan": g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi