08:39 / 08.01.2021
2 052

Rasman! "Mash’al"ga ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi

Rasman! "Mash’al"ga ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi
Bugun Ispaniyalik Serxio Marinangeli "Mash’al" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Jamoani katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev esa jamoa boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. Aytish kerakki, Marinangeli bunga qadar pro-ligada “Oq-tepa” jamoasida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qit’aning kuchli to‘rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo‘shgan.

Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuyela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo‘lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelgan. 2019 yilda UYEFA Pro litsenziyasini qo‘lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo‘l ostida amaliyot o‘tagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! "Mash’al"ga ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi