16:00 / 09.01.2021
1 634

Ravshan Ermatov Gulruhbegim Tohirjonova ishi haqida: «Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz»

Ravshan Ermatov Gulruhbegim Tohirjonova ishi haqida: «Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz»
Foto: FIDE
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov so‘nggi vaqtlarda keng muhokama sabab bo‘layotgan opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonova haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar qilmoqda «Daryo».

«Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz. Albatta, bizga bunday sportchilar kerak. Biz ularni qaytarishimiz lozim, O‘zbekiston farzandi O‘zbekiston sha’nini himoya qilishi kerak. AQSH federatsiyaga o‘tib ketgan sportchini ortga qaytarish rejada bormi? Ha, albatta», — deydi Ravshan Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘minovlar oilasining kenja farzandi Gulruhbegim Tohirjonova ayni vaqtda AQSHda tahsil olmoqda va u AQSH shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)