22:49 / 09.01.2021
762

O‘zbekistondagi barcha maktablarda shaxmat sinflari ochiladi

O‘zbekistondagi barcha maktablarda shaxmat sinflari ochiladi
Foto: AOKA
O‘zbekistondagi barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochiladi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

«Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘rsatkichi 19 foiz bo‘lib, 2021 yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 25 foizga yetkaziladi.

Turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo‘yicha ‘Charm to‘p’ bosh vazir kubogi o‘tkaziladi. Kelgusi yilda 916 kilometrlik salomatlik yo‘laklari barpo etiladi.

Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badminton maydoni, qo‘shimcha ravishda 420 ta mini-futbol maydoni, 350 ta ko‘chada vorkaut maydonchasi quriladi. 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog‘cha va 10 000 ta maktab jami 120 milliard so‘mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlanadi
», — deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)