10:51 / 10.01.2021
2 145

Aziz Abduhakimov: «Shaxmat federatsiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi»

Aziz Abduhakimov: «Shaxmat federatsiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi»
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSH shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylanganiga munosabat bildirdi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi faoliyati o‘rganilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar qildi.

- "Hozirda shaxmat federatsiyasining faoliyati chuqur o‘rganib chiqilmoqda. O‘zbekistonlik qizlar chet elda, boshqa mamlakat bayrog‘i ostida dona surayotgani juda achinarli holat. Bir narsani tushunish kerak, ular hozir o‘ziga qulay yo‘lni tanladi. Bu qizimiz AQSHda ham o‘qiyapti, ham sportchilik faoliyatini davom ettirmoqda.

Albatta, federatsiyada tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilgan barcha kamchiliklar tahlil qilinadi. Sabab o‘rganiladi va nima uchun holat bu darajaga kelgani tahlil qilinadi. Yaqin orada shaxmat federatsiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda barcha xulosalar taqdim etiladi.

Bu qizlarga O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashish bo‘yicha o‘zimizning tegishli takliflarimizni beramiz
", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSHning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSH nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik bloger Aziza Umarova shaxmatchilar oilasi va federatsiya o‘rtasidagi sovuq munosabat haqida maqola e’lon qildi. Bunga javoban federatsiya raddiya bildirdi. Federatsiya ushbu xabarlar fonida OAVda e’lon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. Shuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o‘ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi ta’kidlangan.

Keyinroq opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova va Xulkar Tohirjonova Shaxmat federatsiyasining raddiyasiga munosabat bildirib, «Shaxmat federatsiyasi ustimizdan mag‘zava ag‘dardi» degandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz Abduhakimov: «Shaxmat federatsiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi»