18:23 / 10.01.2021
3 237

Bobir Abdixoliqov: "Yevropa klublaridan takliflar bor. O‘tadigan jamoamning ..."

Bobir Abdixoliqov: "Yevropa klublaridan takliflar bor. O‘tadigan jamoamning ..."
"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga xorij jamoalaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida turli xabarlarga har qadamda duch kelmoqdamiz.
Aslida bunday gap so‘zlar biroz bo‘lsada haqiqatga yaqin. Bir necha kun oldin uning o‘zi bilan gaplashganimizda chindan ham takliflar tushayotganini yashirmadi. Yaqinda mana shu voqealarga qisqacha oydinlik kiritish maqsadida Bobir Abdixoliqovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Bobir turli ijtimoiy tarmoqlarda sizga MLS va Ozarbayjon chempionatidan chorlov bo‘lgani haqida o‘qidik. Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi?
- Ha, siz aytib o‘tgan chempionatlardan takliflar borligi rost.

- Taklif bildirayotgan jamoalarning asosan qaysi jihatlariga e’tibor qaratmoqdasiz?
- Maqsadim futbolchi sifatida o‘sishga erishish. Shuning uchun birinchi navbatda yuksalishim muhim. Qiziqish bildirayotgan jamoalarning oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘proq e’tibor qaratyapman.

- O‘sishingiz uchun qaysi chempionat debocha vazifasini o‘tab berishi mumkin? Ayrim futbolchilar rus klublari orqali Yevropaga yo‘l olishni yoki arab jamoalari orqali kuchli chempionatlarga o‘tishni ma’qul ko‘rishadi..
- Ilk qadamni Yevropa klublaridan boshlashni niyat qilganman. Menga o‘sishim uchun xizmat qiladigan chempionatlardan birini tanlashga harakat qilaman.

- Qaysi chempionatga borishingizdan qat’iy nazar baribir moslashishga vaqt ketadi, ruhiy tomonlama biroz qiyin bo‘ladi. Bunga tayyormisiz?
- Hech bir narsaga osonlikcha erishilmaydi. Qiyinchilik bo‘lishi tabiiy. Xudo xohlasa otam va onamning duolari, yaqin insonlarimning ishonchi, muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi menga qo‘shimcha dalda bo‘la oladi deb o‘ylayman.

- Hozirda "Nasaf"dagi vaziyat qanday? Jamoa o‘tgan mavsumda kumush medallariga ega chiqqaniga qaramasdan hali hamon taqdirlangani va rag‘batlantirilgani yo‘q...
- Biz rahbariyatga ishonamiz. Pandemiya sababli o‘tgan mavsum barcha jamoada qiyinchiliklar yuzaga keldi. Klub rahbarlari muammolarni bartaraf etish uchun harakat qilishmoqda.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqov: "Yevropa klublaridan takliflar bor. O‘tadigan jamoamning ..."