09:30 / 12.01.2021
2 350

Ilyos Zeytullayev: «Yuventus»ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim

Ilyos Zeytullayev: «Yuventus»ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim
Foto: «Match TV»
«Yuventus» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning turinliklar jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

- "Bu xabarni eshitib juda xursand bo‘ldim, chunki bu O‘zbekiston uchun muhim. Bizning futbolchilarga dunyoning top-klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqidagi yangiliklar har kuni ham yangrayvermaydi.

Hamyurtim, umuman olganda chet ellik istalgan futbolchining Italiya chempionatiga o‘tishi, buning ustiga unga moslasha olishi naqadar qiyinligini juda yaxshi tasavvur qilaman.

Eldorga har qanday qiyinchilikka qaramay har bir mashg‘ulot va o‘yinda o‘zini ko‘rsata olishini tilayman. Shukurki, hozir u bu ishni uddalamoqda — so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi ko‘rinmoqda: jismoniy va ruhiy tomondan yaxshi formada, u haqida yaxshi gaplar aytilmoqda.

Men ekspert va insayder emasman, biroq o‘zimni tajribamdan kelib chiqib gapirsam, hayotda hamma narsa bo‘ladi. Menimcha, «Yuventus» haqida ma’lumot tashqariga chiqdimi, demak, qiziqish haqiqatdan ham mavjud. Axir klub Morataga o‘rinbosar qidirmoqda.

A Seriya yetakchi klublari darajasiga chiqa oladimi? Eldor — juda iqtidorli o‘yinchi va shu darajani ko‘rsatishda davom etsa, u holda buning uchun barcha imkoniyatga ega.

Hozir «Jenoa»ga o‘rnashib olish muhim, yaxshi futbol namoyish qilishda davom etish kerak. Nasib qilsa «Latsio», «Milan», «Inter» yoki «Yuventus»dan qiziqish bo‘lib qoladi.

Shaxsiy fikrimcha, Eldorga grandlardan bo‘layotgan qiziqishga avvalo futbolchining o‘zi sababchi. Senda eng yaxshi agentlar bo‘lishi mumkin, biroq futbol o‘ynashni bilmasang, ular senga yordam bera olmaydi — agentlar sening o‘rningga maydonga chiqmaydi
", - deydi Ilyos Zeytullayev.

Zeytullayev futbolchilik faoliyati mobaynida A Seriyada ikkita o‘yin o‘tkazgan (2005 yil «Rejina» safida). Undan avval «Yuventus» yoshlar jamoasida harakat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Zeytullayev: «Yuventus»ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim