19:30 / 15.01.2021
3 057

Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi

Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi
Foto: «Paxtakor» FK
«Paxtakor» hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. «Daryo»ning xabar qilishicha, 27 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi bilan shartnoma imzolagan. Hozircha tomonlar bu haqda rasmiy ma’lum qilmadi.

«An-Nassr» Saudiya Arabistoni chempionati 2020/21 yilgi mavsumining 12-turida 14 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda. Ar-Riyod jamoasi 2019/20 yilgi mavsumda ligada 2-o‘rinni egallagandi. Shuningdek, jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi 2020 yilgi mavsumida chorak finalga qadar yetib bordi.

Masharipov «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2013 yilda bosh jamoada debyut qilgan. 2017 yilni «Lokomotiv»da o‘tkazgan futbolchi shu vaqtga qadar «sherlar» safida harakat qilib kelayotgandi.

Masharipov Superliga 2020 yilgi mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi